Raqamli dunyo haqida yangi maqollar to'plami

Aybekov DevTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa36

Manba:Aziz Rahimov

raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:

kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan.

instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi.

brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman.

do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi.

yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi.

yigit kishiga 40ta app kam.

akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz.

yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos.

ko'zoynakning ham kamerasi bor.

rilsga to'ymagan, storisga ham to'ymaydi.

kelin kelsa, "screen time"ga boq.

Telegram

Aybekov DevTasdiqlangan kanal

@aybekov_sanjar15 obunachi

Shu postdan oldin

  1. Via negativa: donolik inkor orqali ta'riflanadi

    461 daqiqa

  2. havo yaxshi

    481 daqiqa

  3. Interstellar filmi haqidagi fikrlar

    531 daqiqa